11.12.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat kengashi tomonidan Urganch davlat pedagogika institutida gender masalalari bo‘yicha audit o‘tkazildi. Ushbu o‘rganish “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun talablarining amaliy ijrosini baholashga qaratilgan bo‘lib, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining 14-sonli bayonnomasi asosida o‘tkazildi.
Federatsiya viloyat kengashi mehnat inspektorlari Muzaffar Atabaev va Erkinbay Bayjanov institutdagi sharoitlar, ichki tartib-qoidalar va xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, gender tenglik tamoyillarining qay darajada tatbiq etilayotgani, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar ta’minlanganligini o‘rganib chiqdilar.
O‘rganish davomida institutda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi va ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha qator tavsiyalar berildi.
Shuningdek, institut rahbariyati va jamoasi bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqotda gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat huquqlarini himoya qilish va qonunchilik talablariga rioya etish kabi muhim masalalar keng muhokama qilindi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский