12.12.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Toshkent viloyati Hokimligi tashabbusi bilan nuroniylarga bepul davolanish imkoniyati yaratildi
Ma’lumki, so‘nggi yillarda yurtimizda og‘ir toifadagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy soha ob’ektlari faoliyatini samarali tashkil etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash ezgu an’anaga aylandi.
Toshkent viloyatida ham ushbu ezgu amal davom ettirilib, joriy yilda Bo‘ka tumanidagi “Qo‘ldoshtepa” va “Navobod” mahallalarida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu xayrli ishlarda “Qo‘ldoshtepa” va “Navobod” mahallalarida bir guruh keksa avlod vakillari ibrat namunasi o‘laroq aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borishda faollik ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan Bo‘ka tumanidagi “Qo‘ldoshtepa” va “Navobod” mahallalarida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etishda faollik ko‘rsatayotgan 20 nafar keksa avlod vakillariga salomatligini tiklash uchun Parkent tumanidagi “Zarkent” sanatoriysiga bepul yo‘llanmalar taqdim etildi.
Joriy yilning 10 dekabr’ kuni dastlab nuroniylar Bo‘ka tumani hokimiyatida kutib olindi. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S. Fayzieva, Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari R. Sheraliev ishtirok etib, nuroniylarning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, odamlarda bugungi farovon va tinch hayotdan shukronalik hissini uyg‘otishga qo‘shayotgan hissalari e’tirof etildi. Shundan so‘ng nuroniylar Parkent tumanidagi “Zarkent” sanatoriysiga kuzatildi.
Sanatoriyda nuroniylar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi mas’ullari, sanatoriy ishchi-xodimlari hamda bir guruh faol yoshlar hamrohligida zamonaviy qulayliklarga ega xonalarga joylashtirildi.
Keksa avlod vakillari sanatoriyda 10 kun davomida malakali shifokorlar nazorati ostida, tibbiyotning ilg‘or yutuqlari asosida muolajalar olib, salomatligini tiklashadi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский