23.12.2025. Joriy yilning 20 dekabr’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining katta majlislar zalida Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston ish beruvchilari Konfederatsiyasi rahbariyati, shuningdek davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Komissiya tomonidan 2023–2025 yillarda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, ijtimoiy muloqotni rivojlantirish, mehnat qonunchiligini takomillashtirish, munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlaridagi natijalar muhokama qilindi.
Shu davr mobaynida Komissiyaning 11 ta majlisi o‘tkazilib, Bosh jamoa kelishuvi ijrosi, Xalqaro mehnat tashkiloti loyihalari doirasidagi hamkorlik hamda paxta yig‘im-terim mavsumida mehnat sharoitlarini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, 2025 yilda Koreya Iqtisodiy, ijtimoiy va mehnat kengashi bilan xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, qo‘shma uchrashuv va seminar o‘tkazildi hamda o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Nizomga muvofiq, kelgusi uch yil uchun Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasiga raislik O‘zbekiston ish beruvchilari Konfederatsiyasiga o‘tkazilib, Ashurov Otabek Anvarovich komissiya raisi etib saylandi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский