05.01.2026. Yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash va xodimlarni ma’naviy hamda moddiy rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan korxonalarda yangi yil tadbirlari yuqori darajada tashkil etilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri “Qo‘ng‘irod soda zavodi” MChJ QK rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazildi. Yangi yil bayrami arafasida korxona xodimlarining farzandlariga 1800 ta sovg‘a taqdim etildi. Shuningdek, korxona oshxonasida yangi yil bayrami munosabati bilan korxona xodimlari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.
Bundan tashqari, korxona tomonidan bayram archasi bezatilib, har kuni konsert dasturlari tashkil etilmoqda. Bu esa korxona xodimlari va ularning farzandlarida beqiyos xursandchilik uyg‘otmoqda.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ korxonasi jamoasi uchun tashkil etilgan Yangi yil bayrami tadbiri ham barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi. Bayram dasturi qiziqarli va quvnoq o‘yinlar bilan boshlanib, xodimlarning faol ishtiroki bilan yanada maroqli o‘tdi.
Tadbirning eng quvonchli lahzalaridan biri sifatida bir yil davomida fidokorona mehnati bilan hamkasblariga namuna bo‘lgan, yutuqlarga erishib kelayotgan, shuningdek, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etayotgan xodimlar tantanali tarzda taqdirlandi hamda ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida jonli ijroda yangragan qo‘shiqlar, qorbobo va qorqiz chiqishlari, rang-barang shou dasturlari hamda sahna ko‘rinishlari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan boshqa tadbirlar qatorida korxona xodimlari ishtirokida Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga sayohat tashkil etildi. Xodimlar qiziqarli sayohat va maroqli xordiq chiqarib qaytdilar.
“Farg‘ona kimyo zavodi” MChJ xodimlarining farzandlari uchun ham korxona kasaba uyushmasi tomonidan Farg‘ona viloyati davlat rus drama teatriga chiptalar xarid qilinib tarqatildi. Bolajonlar yangi yil bayrami tadbirlarida ishtirok etib, ertak qahramonlari bilan birga o‘ynab-kuldilar.
Ayni paytda yangi yil bayrami tadbirlari korxonalarda davom etmoqda.
Shavkat Toirov
Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский