06.01.2026. Ma’lumki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bu yil ilk marta mamlakatimiz bo‘ylab “Men ham shu yurtning bir bo‘lagiman” shiori ostida “Sen iste’dodlisan” respublika ko‘rik-tanlovi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Jumladan, mazkur tanlov Farg‘ona viloyatida ham o‘ziga xos tarzda o‘tkazilib, ko‘plab iste’dod egalarini kashf etdi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi — alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni san’at va ijodga keng jalb etish, shuningdek, jamiyatdagi faolligini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Tanlov davomida o‘quvchilar o‘z iqtidor va mahoratlarini tasviriy san’at hamda estrada-vokal yo‘nalishlarida namoyon etdilar. Ularning ko‘zlaridagi quvonch, sahnadagi ishonch hamda ijoddagi samimiyat barchaga iliq his-tuyg‘ular hadya etdi.
Tanlov g‘oliblari hamda sovrindorlariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan ajoyib bayram tuhfasi taqdim etildi. Ular ota-onalari va o‘qituvchilari hamrohligida Toshkent shahriga 3 kunlik bepul sayohatga yuborildi.
Ular Poytaxtimizning diqqatga sazovor tarixiy obidalari va ziyoratgohlarida bo‘lib, Yurtboshimiz boshchiligida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Mazkur sayohat imkoniyati cheklangan, ammo irodasi, iste’dodi va orzusi cheksiz bo‘lgan bolalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va mehrning yorqin ifodasidir, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, ular hamisha ehtiromga munosibdirlar!
Shohsulton To‘xtamatov
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский