08.01.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining xorijiy davlatlar kasaba uyushmalari bilan hamkorligi yil sayin izchil ravishda rivojlanib bormoqda. Xususan, Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida bolalar uchun madaniy-ma’rifiy almashinuv dasturlari samarali amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda ushbu dastur doirasida o‘zbekistonlik bir guruh bolalar Moskva shahrida bo‘lib turibdi. Safar davomida ular “Kreml”, “G‘alaba” va “Atom” muzeylari, “Yangi yil” spektakli, shuningdek, “Moskva City” majmuasi kabi poytaxtning diqqatga sazovor maskanlarini ziyorat qilishmoqda.
Tadbirlar bolalarning qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazishi, dunyoqarashini kengaytirishi hamda xalqaro madaniy muhit bilan yaqindan tanishishiga xizmat qilmoqda. Safar joriy yilning 9 yanvariga qadar davom etadi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский