09.01.2026. Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi markaziy apparati hamda tizimdagi tuman (shahar) kengashlari raislari uchun malaka oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir kasaba uyushmalari tizimida boshqaruv salohiyatini kuchaytirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda rahbar kadrlarning kasbiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
O‘quv-seminarning ochilish marosimida tadbir ishtirokchilari va tashkilotchilar tomonidan seminar mazmun-mohiyati hamda undan ko‘zlangan asosiy maqsadlar atroflicha yoritib berildi.
Seminarni O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi E. Abdualimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida kasaba uyushmalari tizimida kadrlar malakasini oshirish bugungi kun talabi ekanini, bu jarayon xodimlar manfaatlarini samarali himoya qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi o‘rinbosari B. Mahmadaliev so‘zga chiqib, seminar ishtirokchilariga samarali o‘quv jarayoni tilar ekan, kasaba uyushmalari faoliyatini yanada takomillashtirishda bilim va tajribaning o‘rni beqiyos ekaniga e’tibor qaratdi.
Seminar doirasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Mehnat inspeksiyasi boshlig‘i — Federatsiya raisi o‘rinbosari K. Kirgizaliev tomonidan “Yangi O‘zbekiston — yangi kasaba uyushmalari” shiori asosida faoliyatni tashkil etish hamda sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirish, tashkiliy ishlar samaradorligini oshirish hamda ilg‘or amaliy tajribalarni joriy etish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Aytish kerakki, bu kabi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar rahbar kadrlarning kasbiy salohiyatini yanada mustahkamlash, tizimda izchil va samarali faoliyatni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский