[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

12.01.2025. Mo‘ynoq tumanida joylashgan “Oq kema” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 102 nafar bolajonning qishki dam olish kunlari mazmunli, maroqli va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Bolalarning dam olishi bayramona kayfiyatda o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, har yilgi an’anaga muvofiq, mazkur qishki dam olish mavsumi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Yangi yil bayrami shukuhi oromgohda hanuzgacha saqlanib qolgan bo‘lib, bolajonlar uchun turli qiziqarli va rang-barang madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Xususan, qo‘g‘irchoq teatri jamoasining tomoshalari, “Qishki zakovat” intellektual o‘yinlari, bolalar o‘rtasida turli tanlovlar, ijodiy chiqishlar hamda sport va ko‘ngilochar mashg‘ulotlar bolajonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Qishki ta’tilning o‘ziga xos gashti, kichik bo‘lsa-da qorli manzaralar, bolalarning quvonchi va ko‘tarinki kayfiyati oromgohda alohida bayram muhitini yaratdi. Qor bobo va Qor qizlar bilan har kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar esa bolalarga bir olam tabassum va quvonch bag‘ishladi.

“Oq kema” oromgohi jamoasi, ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va shifokorlar tomonidan har bir bolaning xavfsizligi, sog‘lig‘i hamda mazmunli dam olishi doimiy nazoratga olingan bo‘lib, qishki ta’til bolajonlar xotirasida iliq va unutilmas onlar sifatida muhrlandi.