[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

15.01.2026. 14 yanvar’ — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamda tarmoq tizimidagi tashkilotlar tomonidan “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri”, “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni”, “Xalq va armiya — bir tan, bir jon” shiorlari ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari o‘tkazildi.

Kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik liseyi o‘quvchilari uchun Temuriylar tarixi davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

O‘quvchilar muzeyda Temuriylar davlati tarixi hamda o‘sha davrda olib borilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, muzeyning markaziy devoriga ishlangan “Buyuk Sohibqiron — buyuk bunyodkor” deb nomlangan panno va uning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot oldilar. Shuningdek, muzeyning uchinchi qavatida joy olgan Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar hamda rang-barang osori atiqalarni ko‘zdan kechirdilar.

Tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJ ishlab chiqarish majmualari va sexlari xodimlaridan iborat 5 ta jamoa ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Ishtirokchilar qizg‘in bahslarda hozirjavoblik, topqirlik, mantiqiy fikrlash va tezkorlik sinovidan o‘tdilar. G‘oliblar va sovrindorlar jamiyat kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan rag‘batlantirildi.

“Ammofos-Maxam” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ham Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqalari o‘tkazildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “San’at shou” konsert dasturi tashkil etildi. O‘zbek Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatri san’atkorlari ishtirokida esa “Vatan tuyg‘usi” spektakli namoyish etildi.

“Qizilqum fosforit kompleksi” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan erkaklar o‘rtasida basketbol musobaqalari o‘tkazildi. Unda sex va bo‘limlardan tuzilgan 8 ta jamoa g‘alaba uchun maydonga tushdi. Har bir uchrashuv keskin bahslar, aniq zarbalar va jamoaviy hamjihatlik namoyishiga boy bo‘ldi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib jamoalarga korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom hamda pul mukofotlari taqdim etildi.