[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

23.01.2026. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2025 yil 17 oktyabr’ kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvida qayd etilgan mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish va kasb kasalliklarining profilaktikasi yuzasidan hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek 2025 yil 26 dekabr’ kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi raisi Suxrob Rafikov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Chidem Janbay Turkyilmaz, tarmoq kasaba uyushmalari faollari va mutaxassislari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov universitet bilan imzolangan memorandumning maqsad va vazifalari xususida to‘xtalib, jumladan shunday dedi:

— Memorandumni imzolashdan maqsad universitet xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan hamkorlikni oshirish, korxonalarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tizimli tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish sohasida xavfsizlikni ta’minlash choralarini kuchaytirish, jamoatchilik nazorati natijalari bo‘yicha axborotlar bilan o‘zaro almashish, avariya va ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarning oldini olish, xodimlar salomatligini himoya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar berishda universitetning “Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi” kafedrasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek mehnat muhofazasi sohasida maxsus kurslar, seminarlar, davra suhbatlari va treninglar uchun o‘qitish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga kafedra o‘qituvchilarini jalb etishdan iborat.

Tadbir davomida ishtirokchilarga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari — kecha, bugun, ertaga” nomli tarixiy-hujjatli fil’m namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir davomida kasaba uyushmalari bilan hamkorlik ishlarida faol ishtirok etganlar taqdirlanib, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” dasturi doirasida sayohat sertifikatlari hamda universitet kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Tadbir savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazildi.