26.01.2026. X. Xamdamov bir necha yillardan buyon Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabida ingliz tili fanidan dars berib kelardi.
Ammo kutilmaganda ish beruvchi tomonidan uning mehnat shartnomasi mehnat majburiyatlarini buzgan, degan vaj bilan bir tomonlama bekor qilindi.
Ish beruvchining bunday xatti-harakatidan norozi bo‘lgan X. Xamdamov buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘mak so‘rab O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashiga murojaat qildi.
O‘rganish davomida X. Xamdamovni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq g‘ayriqonuniy qabul qilingani aniqlandi. Ish beruvchi bilan olib borilgan muzokaralar natija bermagach, viloyat Kengashi tomonidan X. Xamdamovni ishga tiklash to‘g‘risida Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi.
Sud da’vo arizasini qanoatlantirib, X. Xamdamovni ishga tiklash bo‘yicha qaror chiqardi. Shuningdek, majburiy progul kunlari uchun ish beruvchidan 15 million so‘m ish haqi va ma’naviy zarar undiriladigan bo‘ldi.
Mansurjon Usmonov
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi bosh yuristkonsulti
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский