[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

26.01.2026. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda tajriba almashish maqsadida Navoiy viloyatidan bir guruh faol yoshlar yetakchilari poytaxt Toshkent shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirdi.

Mazmunli sayohat davomida ular “G‘alaba bog‘i” va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi, “Mustaqillik maydoni” kabi qator tarixiy va zamonaviy maskanlar bilan tanishdilar. Shuningdek, tajriba almashish va ochiq muloqotlar orqali yoshlar yetakchilik ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.

Navoiylik yoshlar yetakchilari mazkur sayohat ular uchun katta motivasiya va ilhom manbai bo‘lganini ta’kidladilar.

Bunday sayohatlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiylik yoshlar yetakchilari uchun tashkil etilgan mazkur sayohat ham ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qildi.

Toshkent shahriga sayohat uchun birinchi kelishimim, deydi Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi yoshlar yetakchisi Madinabonu Raximova: “Mustaqillik yillarida yangidan chiroy ochgan shahar manzaralaridan bahramand bo‘ldim. Ayniqsa, yangidan qurilgan baland-baland binolar, umuman olganda ulug‘ tariximiz va bugungi taraqqiyotimizga guvoh bo‘lib, olam-olam taassurot bilan qaytdim. Ana shunday mazmunli hordiq va ziyorat uchun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga hamda viloyat Kengashi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.”