[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

30.01.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashida Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasiga kiritilgan masalalar yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Federatsiyaning Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi Baxtiyor Jo‘raev va apparat xodimlari o‘z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida mehnat munosabatlarini takomillashtirish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish masalalari ham Davlat dasturining muhim yo‘nalishlari sifatida qayd etilgan. Bu vazifalar kasaba uyushmalari faoliyati bilan bevosita uyg‘un holda bo‘lib, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yangi imkoniyatlar ochadi.

Shuningdek, Dasturda mahallalarni kompleks rivojlantirish, aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan oilalar bilan manzilli ishlash kabi masalalar alohida o‘rin olgan. Bu esa har bir fuqaroning kundalik hayotida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishi bilan ahamiyat kasb etadi. Zero, mahalladagi barqarorlik va farovonlik butun jamiyat taraqqiyotining poydevoridir.

Qisqasini aytganda, Davlat dasturi loyihasi yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqichini belgilab beruvchi muhim strategik hujjat hisoblanadi. Unda belgilangan vazifalar, avvalo, inson manfaatini ustuvor qo‘yish, mahalla institutini jamiyat taraqqiyotining tayanchiga aylantirish va ijtimoiy adolatni ta’minlashga qaratilgan.