[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

30.01.2026. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17 oktyabr’ kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan o‘tkazilgan uchrashuvida mahalla darajasidagi ishlarni manzilli tashkil etish, shu jumladan “Ayollar daftari” tizimi doirasida kasaba uyushmalari va mahallalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi tomonidan Samarqand shahridagi “Bog‘imaydon” mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi xodimlari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi raisi Suxrob Rafikov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2025 yil 17 oktyabr’ kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan o‘tkazilgan uchrashuvida, shuningdek, 2025 yil 26 dekabr’ kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek, bugungi kunda kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr bildirdi.

Tadbir davomida aholi, shu jumladan xotin-qizlar bilan ishlash, tashqi migratsiyada bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarida faol ishtirok etgan bir qator mahalla faollariga “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” dasturi doirasida sayohat sertifikatlari hamda mahalla kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Savol-javoblarga boy, samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.