[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

12.02.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2026 yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, Navoiy viloyati Kengashi tomonidan korxona va tashkilotlarda joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida “Xavfsiz mehnat asoslari” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazish bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Reja-jadvalga asosan 10 fevral’ kuni “Tinchlik lokomotiv deposi”da interaktiv usulda seminar-trening tashkil etildi. Seminarda kasaba uyushmalari Navoiy viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari X. Xalilov, Kengashning mehnat-texnik va huquqiy inspektorlari, Buxoro mintaqaviy temiryo‘l uzeli boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi M. Hakimov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi davlat mehnat inspektori H. Xudoyqulov hamda temiryo‘l korxona va tashkilotlaridan jami 100 nafardan ortiq mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlar, jamoatchi vakillar va kasaba uyushmasi raislari ishtirok etdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori (https://lex.uz/docs/-7942768) bilan qabul qilingan to‘rtta nizomning mazmun-mohiyati, “Xavfsiz mehnatni ta’minlashda kasaba uyushmalarining o‘rni, ushbu sohadagi normativ hujjatlar ijrosi”, “Mehnat munosabatlarida normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi: muammo va yechimlar” hamda “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonun asosida kasaba uyushmalarining huquqlari va ularning amaliyotda qo‘llanilishi mavzularida slayd namoyishi orqali ma’ruzalar qilindi.

Seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi. Bu kabi seminar-treninglar korxona va tashkilotlarda reja bo‘yicha davom etadi.

M. Kambarova

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi mehnat-texnik inspektori