[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

13.02.2026. “Farg‘onaazot” AJ korxonasida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda korxona sex va bo‘lim rahbarlari, xodimlar, shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova hamda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Muqaddamxon Ehsanova ishtirok etdilar.

Tadbir davomida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-adabiy merosi, ularning davlat boshqaruvi, ma’naviyat va badiiy tafakkur rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’ruzalar o‘qildi. Ma’ruzalar jarayonida ishtirokchilar milliy adabiy meros, til madaniyati, ma’naviy qadriyatlar va tarixiy xotira masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot oldilar.

Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismida korxonaning faol xodimlari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub asarlardan parchalar ifodali mutolaa qilindi.

Shuningdek, Marg‘ilon musiqali maqom teatri san’atkorlari tomonidan buyuk adiblar she’rlariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar jonli ijroda taqdim etildi. Sahna ko‘rinishlari, badiiy sahnalashtirilgan chiqishlar va musiqiy nomerlar tadbirga o‘ziga xos ruh bag‘ishladi.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir xodimlarda chuqur taassurot qoldirib, adabiyot va san’atga bo‘lgan hurmat hamda qiziqishni yanada oshirdi.

Shavkat Toirov

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi