23.02.2026. Toshkent arxitektura-qurilish universitetida kasaba uyushmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv universitet kasaba uyushmasi raisi Feruza Kasimova boshchiligida tashkil etilib, unda O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi raisi Saydaliev Xusniddin Kamolovich hamda Tarmoq respublika kengashi bosh mutaxassisi Xoshimova Dildora Temurovna ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, jamoa shartnomalarining ahamiyati, mehnat nizolarini hal etish mexanizmlari, huquqlar buzilgan taqdirda murojaat qilish tartibi, bepul huquqiy maslahat olish imkoniyatlari hamda dam olish maskanlariga yo‘llanmalar ajratishdagi imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur uchrashuv xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning manfaatlarini samarali himoya qilish va kasaba uyushmalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский