[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

02.03.2026. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, jamoa shartnomasi korxonada ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy hamda kasbga doir munosabatlarni tartibga soluvchi muhim normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.

Shu munosabat bilan “O‘zbekgidroenergo” AJda navbatdagi uch yillik — 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan ijro apparatining “Jamoa shartnomasi” loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Boshqaruv raisi o‘rinbosari Farrux Nurullaev, kasaba uyushmasi raisi hamda ijro apparati xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida yangi jamoa shartnomasidagi bandlar birma-bir ko‘rib chiqilib, ularga kiritilayotgan o‘zgartirish va yangiliklar yuzasidan ochiq va konstruktiv muhokamalar o‘tkazildi.

Muhokamalarda xodimlar mehnatini samarali tashkil etish, qonunchilikda va mehnat shartnomalarida belgilangan shart-sharoitlarni yaratish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etish, shuningdek, xodimlarning manfaatlarini himoya qilish, ehtiyoj va talablariga e’tibor qaratish masalalariga alohida urg‘u berildi.

Ta’kidlanganidek, xodimlarning mehnat va turmush sharoitlarini izchil yaxshilab borish, ularni ijtimoiy va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda jamoa shartnomalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda tashkilot va uning tarkibidagi kasaba uyushmasi qo‘mitasining faoliyati Mehnat kodeksi talablariga muvofiq muhim o‘rin tutadi.

Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish beruvchi bilan ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlik qilish, mehnat munosabatlariga oid masalalarni hal etish hamda xodimlar manfaatlarini himoya qilishda mas’ul ekani qayd etildi.