06.03.2026. Joriy yilning 24-fevral’ kuni davlatimiz rahbarining yoshlar bilan uchrashuvida ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator yangi imkoniyatlar belgilab berildi. Xususan, har haftaning payshanba kuni tashkilotlarda “Yoshlar kuni”ni o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov ishtirokida Samarqand tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Tadbirda kasaba uyushmalari viloyat kengashining xodimlari, maktabda faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda faol o‘quvchilar ishtirok etdilar.
Ushbu tadbir kasaba uyushmalari tizimining yoshlar bilan muloqotini yanada kuchaytirish, yosh avlodni kasaba uyushmalari faoliyati va vazifalari bilan yaqindan tanishtirishga qaratildi.
Tadbirda viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov tomonidan bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi, kasaba uyushmalarining asosiy maqsad va vazifalari, ularning xodimlar manfaatlarini himoya qilishdagi roli hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlarning kelgusi rejalari, taklif va tashabbuslari, ularni o‘ylantirayotgan masalalar muhokama qilindi. Yoshlar doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallab borishlari zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa, mutolaa qilish va xorijiy tillarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratish muhim ekani qayd etildi.
Tadbir davomida bir guruh faol yoshlarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan kitoblar topshirildi. Shuningdek, maktabda samarali faoliyat olib borayotgan yosh xodimlarga sayohatlarda ishtirok etish uchun sertifikatlar taqdim etildi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский