11.03.2026. O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Toshkent, Sirdaryo va Namangan viloyatlaridagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatilib, kasaba uyushmasi a’zolari bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.
Sayyor uchrashuvlar va ishchi maslahatlar davomida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid hujjatlar holati, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi, jamoa shartnomalarini tuzish va ijrosi amaliyoti, madaniy-ma’rifiy va sport ishlarini tashkil etish, kasaba uyushmasi byudjeti hamda moliyaviy hisobotlarni yuritish, shuningdek, a’zolikni rag‘batlantirish ishlari atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish va kasaba uyushmasi faollarining huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tahlillar natijasida kasaba uyushmasi ishini rejalashtirish va hujjatlarni yuritishda ayrim xato va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar va tushuntirishlar berildi. Boshlang‘ich tashkilotlar raislariga uslubiy yordam ko‘rsatilib, dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar o‘tkazildi.
Amalga oshirilgan ishlar boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyati samaradorligini yuksaltirish, ijro intizomini mustahkamlash, tarmoq korxonalarida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash hamda xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qildi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский