13.03.2026. 2026 yil 11 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Qoraqalpoq sement» MChJda 2024–2026 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2025 yildagi bajarilishi yakunlari bo‘yicha mehnat jamoasi konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada jamoa shartnomasining 2025 yildagi bajarilishi hamda 2026 yil uchun jamoa shartnomasiga kiritiladigan qo‘shimchalar va o‘zgartishlar haqidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining ma’lumotlari, shuningdek ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya dalolatnomalari tinglandi.
Konferensiyada O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining bosh mutaxassisi D. Hoshimova hamda O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston kengashi raisi G. Paluaniyazova ishtirok etdilar.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский