[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

13.03.2026. Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand viloyatida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning bilim va tafakkurini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi, Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasi hamda Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Intellektual o‘yinda Yoshlar ishlari agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilaridan iborat 14 ta jamoa ishtirok etdi. Ular tarix, adabiyot, madaniyat, fan-texnika va zamonaviy bilimlarga oid savollar asosida o‘zaro bellashdi.

Tadbirning ochilish qismida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi raisi Suxrob Rafikov bunday intellektual o‘yinlar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va iqtidorini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va jamoaviy muhitni mustahkamlashda bunday tadbirlar muhim o‘rin tutishini alohida qayd etib, barcha jamoalarga omad tiladi.

Intellektual bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilim, tezkor fikrlash va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyon etdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

Intellektual o‘yin yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — Jomboy tumani jamoasi
2-o‘rin — Toyloq tumani jamoasi
3-o‘rin — Samarqand shahar jamoasi

G‘olib jamoalar kasaba uyushmalarining esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlandi.

Tadbir ishtirokchilari bunday intellektual bellashuvlarni kelgusida ham muntazam ravishda tashkil etish yoshlar uchun katta rag‘bat bo‘lishini ta’kidladilar.