[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

19.03.2026. Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasida 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025 yildagi ijrosi bo‘yicha mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda jamoa shartnomasi bajarilishi bo‘yicha ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi hisoboti axborot uchun qabul qilindi.

Ta’kidlanganidek, har bir xodimning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlari amaldagi jamoa shartnomasi orqali himoya qilib kelinmoqda.

Xodimlarning 150 nafarga yaqini O‘zbekiston kasaba uyushmalari tasarrufidagi so‘lim sihatgohlarda davolanib, salomatliklarini mustahkamlab qaytdilar. Ishchi-xodimlarning 142 nafar farzandlari oromgohlarda maroqli hordiq chiqarish imkoniga ega bo‘ldilar. Sportni ommalashtirish maqsadida xodimlar o‘rtasida muntazam ravishda musobaqalar tashkil etildi.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” dasturi doirasida 300 nafardan ortiq tibbiyot xodimlari Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva kabi tarixiy shaharlarga sayohatlarga olib borildi.

Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida kam ta’minlangan oilalar farzandlarining 123 nafariga o‘quv qurollari olib berildi. Moddiy jihatdan qiynalgan, ko‘makka ehtiyoji bor a’zolarga doimiy ravishda yordam ko‘rsatildi.

Hisobot yuzasidan so‘zga chiqqan yig‘ilish ishtirokchilari kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining o‘tgan yilgi faoliyatidan qoniqish hosil qilganliklarini, jamoa shartnomasi orqali ko‘plab imtiyozlarga ega bo‘layotganliklarini, tibbiy ko‘riklarda xodimlar xarajat qilmayotganliklarini hamda mehnat muhofazasiga jiddiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab o‘tdilar.

O‘z navbatida, yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Bahromjon Azimov, mazkur kasaba uyushmaning Farg‘ona viloyati kengashi raisi Shohidaxon Karimova hamda viloyat kengashi mutaxassisi Abrorjon Shodmonov xodimlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdilar.

Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kasaba uyushmalari faoliyatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Yig‘ilish yakunida tibbiyot muassasasining 2025 yildagi faoliyati qoniqarli deb topildi hamda 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi ma’qullandi.