24.03.2026. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 martdagi “2026 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-82-son qarori ijrosi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va tarmoq tizimidagi korxonalarda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlari, shuningdek, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida sayohatlar tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar tizimdagi “Qizilqum fosforit kompleksi” AJ jamoasi tomonidan yuqori ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Jumladan, korxonada muborak Ramazon oyi va Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlar holidan xabar olinib, ularning turmush sharoiti va ijtimoiy holati bilan yaqindan tanishildi. Suhbatlar jarayonida xodimlarni qiynayotgan masalalar, taklif va ehtiyojlari ham o‘rganildi. Tashkil etilgan xayriya tadbirlarida ehtiyojmand xodimlar oilalariga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Korxonada o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida xodimlardan iborat fol’klor jamoalar chiqishlari, laparlar, kelin salom marosimi, sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tashkilotchilar tomonidan xodimlar uchun sumalak sayli va milliy o‘yinlar tashkil etildi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida armrestling va arqon tortish musobaqalari o‘tkazildi.
Ayollar esa aytishuv va besh tosh o‘yinlarida o‘z mahoratlarini namoyish etib, bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar. Sumalak atrofida esa xotin-qizlar tomonidan laparlar aytilib, Navro‘zning hikmati, ezgulik va umumbashariy qadriyatlar haqida samimiy suhbatlar qurildi.
Bayram yakunida musobaqa g‘oliblari hamda faol xodimlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shavkat Toirov
Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский