06.04.2026. Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mehnat muhofazasiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi mehnat texnik inspektori B. Utepbergenov, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash vazirligining davlat mehnat texnik inspektorlari M. Tajetdinov hamda D. Bazarbaev ishtirok etdi.
Seminar davomida Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Jumladan, korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘yish, xodimlarni o‘qitish va yo‘riqnomalar o‘tkazish, ularning bilimlarini tekshirish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil instituti faoliyatini takomillashtirishga oid yangi nizomlar mazmun-mohiyati yuzasidan ham batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish, kasb kasalliklari profilaktikasi hamda mehnat muhofazasini boshqarish tizimini samarali joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga qonunchilik talablariga rioya qilish, ish joylarida xavfsizlik madaniyatini oshirish va mehnat muhofazasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘quv-seminar ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, ish joylarida xavfsiz va sog‘lom mehnat muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский