08.04.2026. Karimjon Qurbonov hamda Xurrambek O‘lmasov ko‘p yillar davomida Quva tumani maktablarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Biroq kutilmaganda Quva tumani Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bir tomonlama bekor qilindi. Ish beruvchining vaji sifatida har ikki xodimning “etarli malakaga ega emasligi va mehnat intizomini muntazam buzgani” ko‘rsatildi.
O‘z huquqlarini yaxshi bilgan ustozlar adolat izlab O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashiga murojaat qilishdi.
Mehnat nizosi sudgacha yetib bordi. Ma’lum bo‘lishicha, ish beruvchi xodimlarni ishdan bo‘shatishda eng asosiy talab — kasaba uyushmasining roziligini olishni “unutgan”.
Vaholanki, tuman Mudofaa bo‘limining jamoa shartnomasida ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda kasaba uyushmasining xulosasi olinishi shartligi aniq belgilab qo‘yilgan.
Sudda ish beruvchi chiqargan buyruqning qonuniyligini na hujjatlar, na mantiqiy dalillar bilan isbotlay oldi.
Sud qarori bilan adolat tiklandi. Quva tumani Mudofaa ishlari bo‘limining buyrug‘i g‘ayriqonuniy deb topilib, bekor qilindi.
Shu tariqa Karimjon Qurbonov va Xurrambek O‘lmasov o‘z ish o‘rinlariga tiklandi.
Majburiy progul kunlari va ma’naviy zarar uchun ish beruvchi har bir xodimga 20 mln 402 ming so‘mdan, jami 40 mln 804 ming so‘m tovon puli to‘lashga majbur etildi.
Mansurjon Usmonov
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi bosh yuriskonsul’ti
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский