[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

09.04.2026. “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Malaka oshirish instituti” nodavlat ta’lim muassasasining navbatdagi tinglovchilari tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashlari hamda Federatsiyaning Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, shuningdek, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari kasaba uyushmasi kengashlarining madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘yicha bo‘lim mudirlari va mas’ul xodimlari bo‘lishdi.

O‘quv ishtirokchilari Inson xuquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidovning “O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi bosh ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar hususida” mavzuidagi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudovning “O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni va uni amaliyotda qo‘llash”, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ilmiy xodimi, falsafa fanlari doktori (DSc), dosent Shaxlo Axrorovaning “Ma’naviyat – millat ko‘zgusi”, “Tashkilotlarda madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi ma’ruzalarini tingladilar.  Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti Umumta’lim fanlar va madaniyat  kafedrasi o‘qituvchisi Bobur Izzatullaevning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi ma’ruzalari tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Toshkent shahrida yangi qad rostlagan Islom sivilizasiyasi markazi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi muzeyi bilan tanishuv ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati