20.04.2026. Bugun dunyo hamjamiyati globallashuv jarayonlarida rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda. Bu ishlab chiqarish faoliyatining kengayishi va ishchi-xodimlarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan bevosita bog‘liq. Shu bois har bir tashkilot oldiga mehnat muhofazasini samarali tashkil etish muhim vazifa sifatida qo‘yilmoqda.
“Navoiy IES” AJda “28 aprel’ — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Xavfsiz mehnat asoslari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati kengashi raisi Nazira Tog‘aeva ochib berdi.
Seminarda “Smart Integrity M E” MChJ direktorining birinchi o‘rinbosari Bahodir Nurdinov tomonidan ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasini kuchaytirish, ishchi-xodimlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va korxonada bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruza qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik, xavf-xatar omillari va ularni bartaraf etish choralari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, elektr va yong‘in xavfsizligi, sanoat gigienasi hamda shaxsiy himoya vositalaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar doirasida “Sog‘lom psixososial ish muhitini ta’minlaylik!” mavzusidagi ma’ruzada ish joyidagi ruhiy muhitning ahamiyati, stress va zo‘riqishning oldini olish choralari muhokama qilindi.
Tadbir interaktiv ruhda o‘tib, ishtirokchilarning faol ishtiroki ta’minlandi. Mutaxassislar xavfsiz mehnatni ta’minlashda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati muhimligini alohida ta’kidladilar.
Tadbir yakunida korxona rahbariyatiga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari — 120 yil xalq bilan” kitoblari topshirildi.
Bunday tadbirlar mehnat muhofazasi tizimini mustahkamlash, xavfsiz va sog‘lom mehnat muhitini yaratishga xizmat qiladi.
M. Kambarova
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati kengashi mehnat-texnik inspektori
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский