30.04.2026. Surxondaryo viloyatida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida navbatdagi amaliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining “Oltinsoytumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida tashkil etilib, unda soha mutaxassislari, tuman favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari hamda kasaba uyushmasi vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida gaz ta’minoti tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish hamda xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha samarali yondashuvlar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga xizmat faoliyatida hushyorlikni oshirish, mehnat xavfsizligini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish borasida mas’uliyatni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский