[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

22.05.2026. 21 may — “Kutubxonachilar kuni” munosabati bilan Urganch shahridagi 5-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Q. Zaripov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi M. Rahimova, viloyatdagi umumta’lim maktablari kutubxonachilari hamda soha fidoyilari ishtirok etdilar.

So‘zga chiqqanlar kutubxonachilarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning yosh avlodni kitobsevarlik, ma’naviyat va ma’rifat ruhida tarbiyalash, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdagi beqiyos hissasini alohida ta’kidladilar.

Tadbir doirasida “Ishonch” gazetasining Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi Muhabbat To‘raboevaning “O‘zgarish ehtiyoji” kitobi taqdimoti ham o‘tkazildi.Bayram tadbiri yakunida viloyatda samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh faol va tashabbuskor kutubxonachilar munosib taqdirlanib, ularning soha rivojiga qo‘shayotgan hissasi e’tirof etildi.