02.07.2026. Navoiy viloyatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi hamda “O‘zbekiston Aquatics” federatsiyasining hududiy bo‘limi hamkorligida “World Aquatics Day” ommaviy sport festivali doirasida sportning suzish turi bo‘yicha musobaqa yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Navoiy shahrida tashkil etilgan mazkur musobaqada viloyatning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 11–13 yosh toifasidagi o‘g‘il va qizlardan iborat jamoalar ishtirok etib, o‘zaro kuch va mahorat sinovidan o‘tdilar.
Bellashuvlar davomida yosh sportchilar sportga bo‘lgan mehr-muhabbatlari, jismoniy tayyorgarliklari hamda g‘alabaga intilishlarini namoyon etib, muxlislar e’tiborini qozondilar.
Har bir yo‘nalishdagi bahslar keskin raqobat muhitida kechib, iqtidorli yosh suzuvchilarning yangi nomlarini kashf etishga xizmat qildi.
Suzish musobaqalarida ishtirokchilar suvda harakatlanish texnikasi, tezlik va chidamlilik borasidagi imkoniyatlarini munosib namoyish etdilar.
Musobaqa jarayonini O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi raisi N. Tog‘aeva hamda Milliy olimpiya qo‘mitasining Navoiy viloyati bo‘limi ijrochi direktori Farhod Rahimov yaqindan kuzatib, yosh sportchilarga omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.
Tadbir yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar kasaba uyushmalari tomonidan medallar, diplomlar, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский