09.07.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2026 yil 28 yanvardagi KK-17/110-sonli ko‘rsatma xati ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 819-son qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Angren IES” AJda “Xavfsiz mehnat asoslari” mavzusida amaliy o‘quv tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda “Angren IES” AJ hamkorligida o‘tkazildi.
O‘quv davomida mehnat munosabatlaridagi yangiliklar, 819-son qaror talablari, korxonalarda mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi mas’ullari ishtirok etib, ishtirokchilarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdilar.
Mazkur amaliy o‘quv ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda mehnat muhofazasi madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga O‘zbekiston energetika, neft’-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining mehnat muhofazasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanmasi tarqatildi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский