[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

20.07.2026. O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjanova, Ijroiya qo‘mitasi a’zolari hamda Respublika kengashi apparati xodimlari ishtirok etdilar.

Bugungi kunda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va tarmoq kasaba uyushmalari tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning madaniy hordiq chiqarishi hamda sog‘lomlashtirilishini ta’minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalardan biri — tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar tahlili bo‘ldi.

Ta’kidlanganidek, hisobot davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, tarmoq korxonalarining ishlamaydigan 512 nafar sobiq xodimi — pensionerlarga moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan va doimiy parvarishga muhtoj 739 nafar sobiq xodimga bayramlar munosabati bilan moddiy ko‘mak berildi.

Yosh oilalar va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bola parvarishi ta’tilidagi 568 nafar yosh onaga moddiy yordam ajratildi. Bu esa kasaba uyushmalari tomonidan oilalar farovonligini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.

Yoshlarni rag‘batlantirish va ularning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 219 nafar iqtidorli, kam ta’minlangan hamda chin yetim talabaning shartnoma to‘lovlarining bir qismi qoplab berildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, tarmoq tasarrufidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining “Yoz–2026” mavsumiga tayyorgarlik holati, boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida kasaba uyushmasi byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, a’zolik badallarining yuqori tashkilotga o‘z vaqtida o‘tkazilishiga oid masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, tarmoqda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Shavkat Toirov

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi