23.07.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnat inspeksiyasi hamda Federatsiyaning Toshkent shahar kengashi hamkorligida “OʻZLITINEFTGAZ” aksiyadorlik jamiyatida “Kompleks gender yondashuv asosida davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkazishning tartib-tamoyillari” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Davlat organlari va tashkilotlarida gender tenglikni ta’minlash, ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan mazkur tadbirda davlat boshqaruvi tizimida gender auditi mexanizmlarini amaliyotga joriy etish hamda sohada faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida spikerlar ishtirokida davlat tashkilotlarida gender tenglik siyosati samaradorligini baholash, kadrlar siyosatida tenglikni ta’minlash, gender tengligi tamoyillarini boshqaruv tizimiga keng joriy etish hamda ularni tahlil qilish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
O‘quv seminarida mavjud normativ-huquqiy hujjatlar va amaliy chora-tadbirlar O‘zbekistonning gender siyosati sohasidagi muhim qadamlaridan biri ekani, milliy qonunchilik va amaliyotning xalqaro me’yor hamda standartlarga muvofiqligi misollar asosida tushuntirildi.
Shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash, ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni va faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ishtirokchilarga tashkilot ichki siyosatida gender tenglikni baholash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar ham taqdim etildi.
M. Muyitdinova
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnat inspektori
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский