28.08.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmasi faollari hamda Xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, partiya rahbarlari, nuroniylar ishtirokida qo‘shma yig‘ilish o‘tkazildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat kengashida siyosatshunos, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, senator Qudratilla Mirsagatovich Rafiqovning qalamiga mansub ushbu kitobning taqdimoti bo‘ldi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat kengashi raisi B. T. Jo‘raev ishtirokchilarni Mustaqilligimizning 35-yilligi bayrami bilan tabriklab, muallifning asari taqdimotini ochib berdi.
Asarning mazmun-mohiyati bo‘yicha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat kengashi raisi o‘rinbosari I. N. Ahmedov so‘zga chiqib, unda siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning yangilanayotgan O‘zbekiston siyratiga oid chizgilar keng mushohada va chuqur tahlil asosida yoritilgan 12 ta publisistik maqoladan o‘rin olganligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, senator A. P. Erkaev hamda Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Ya. P. Inoyatov so‘zga chiqib, kitob hamda Yangi O‘zbekistonning buguni va istiqboli haqida fikr bildirdi.
Taqdimotda ishtirok etganlarda “MILLAT ShAVKATI” kitobi ulkan taassurot qoldirdi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский