03.09.2026. Termiz shahar Jayxun MFY fuqarosi Jahongir Fayzullaevning O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashiga qilgan murojaati ijobiy hal etildi.
Murojaat mohiyati
J.Fayzullaev murojaatida foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun kompensasiya pullarini undirib berishni so‘ragan edi. Kengashning mehnat huquq inspektori Z.Xolov murojaatni vakolati doirasida atroflicha o‘rgandi.
Aniqlangan holat
J.Fayzullaev 2024 yil 2 fevraldan boshlab «RSD POChTA» MChJda menejer lavozimida ishlab kelgan. Mehnat shartnomasi 2026 yil 9 iyul’ kuni bekor qilingan. Xodimning foydalanilmagan mehnat ta’tillari 51 kunni tashkil etgani aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi mehnat ta’tillari uchun pulli kompensasiya to‘lanishi lozim. Kodeksning 223 va 224-moddalarida esa bu kompensasiya xodimning oxirgi ish yilida ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda hisoblab chiqarilishi belgilangan.
Natija
O‘rganish jarayonida ish beruvchi J.Fayzullaevga jami 22 517 645,95 so‘m (yigirma ikki million besh yuz o‘n yetti ming olti yuz qirq besh so‘m to‘qson besh tiyin) miqdoridagi hisob-kitob pulini to‘lamagani aniqlandi. Ish beruvchiga ushbu mablag‘ni to‘lab berish haqida rasmiy ko‘rsatma kiritildi.
Ko‘rsatma ish beruvchi tomonidan to‘liq bajarilib, J.Fayzullaevga tegishli barcha mablag‘ — 22 517 645,95 so‘m — to‘liq to‘lab berildi.
Z.Xolov
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi mehnat huquq inspektori
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский