[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

04.09.2026. O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda Ma’rifat soati o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.

Tadbir davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, jamoat arbobi, senator va siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning «MILLAT ShAVKATI» kitobining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Xususan, O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Xusan Begmatov tomonidan kitobning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oya va qarashlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Taqdimotda mazkur kitobda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy o‘zlik, tarixiy xotira, ma’naviy uyg‘onish, jamiyat tafakkuridagi yangilanishlar hamda Vatan taraqqiyoti bilan bog‘liq muhim masalalar yoritilgani ta’kidlandi.

Taqdimot davomida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, professor Nodirjon Abdurahmonov ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kitobda ilgari surilgan g‘oyalarning bugungi kun uchun ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ma’rifat soati qizg‘in muloqot va fikr almashinuvi ruhida o‘tdi va ishtirokchilarda kitobxonlik, milliy tafakkur va yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissini yanada kuchaytirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil ma’lumotlar oldilar.