09.09.2026. Toshkent davlat agrar universitetida 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan yoshlar uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tantanali marosimi tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektori, professor Narzullo Oblomuradov hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Kotibiyat boshlig‘i Shamshod Ergashev so‘zga chiqib, yangi talabalarni talabalik maqomiga ega bo‘lganlari bilan samimiy muborakbod etdi. Yoshlarni universitetda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, puxta bilim olish, ilmiy izlanish olib borish, zamonaviy agrotexnologiyalarni chuqur o‘zlashtirish hamda kelajakda mamlakat qishloq xo‘jaligi rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishga chorladi.
Shuningdek, yig‘inda O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Xusan Begmatov ham so‘z olib, barcha talabalarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan qutladi. Ularga a’lo baholarga o‘qishlari bilan birga jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishlari, kelgusida yetuk mutaxassis bo‘lishlarini tiladi.
Uchrashuvning hayajonli lahzalaridan biri — yangi o‘quv yilida universitetga qabul qilingan 1-bosqich talabalarining tantanali qasamyod qabul qilishi bo‘ldi. Shuningdek, shu kuni 1-bosqich talabalari uchun “Birinchi kurs maktabi” haftaligi rasman boshlandi. Mazkur haftalik yangi talabalarni universitet hayoti, ta’lim jarayoni, mavjud imkoniyatlar va talabalik muhitiga moslashtirish, ularga zarur bilim va ko‘nikmalarni berishga xizmat qiladi.
Tadbir so‘nggida universitetning “Bo‘ston” ashula va raqs ansambli tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, yangi talabalar uchun turli madaniy-ko‘ngilochar chiqishlar namoyish etildi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский