[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

21.09.2026. Yoshlarning tashabbusi va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat jamoalaridagi faolligini oshirish hamda rahbariyat bilan ochiq va samimiy muloqotini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari A.Abdusaidov, O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi mas’ul tashkilotchisi Z.Otamurodova ishtirokida Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda maktabda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar ishtirok etib, yoshlarning kasbiy rivojlanishi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Samimiy va ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, bir qator masalalar yuzasidan taklif va tashabbuslarini bildirdilar.

Tadbir yakunida maktabda faoliyat olib borayotgan bir qator o‘qituvchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi tomonidan Xorazm viloyatiga tashkil etiladigan sayohatlarda ishtirok etish uchun sertifikatlar hamda faol o‘quvchilarga kitoblar topshirildi.