[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

25.09.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyati Kengashida davlat organlari va tashkilotlarida gender tenglikni ta’minlash, mehnat munosabatlarida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish hamda gender auditni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Tadbirda kasaba uyushmalari faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat huquqi inspektorlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminar davomida gender tenglikka erishish strategiyasining maqsad va vazifalari, davlat organlari va tashkilotlarida gender audit o‘tkazish tartibi va asosiy yo‘nalishlari, mehnat jamoalarida teng imkoniyatlarni ta’minlash, gender kamsitish va zo‘ravonliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida savol-javob va fikr almashinuvi tashkil etilib, gender tenglikni ta’minlash hamda mehnat munosabatlarida tenglik tamoyillarini mustahkamlash yuzasidan takliflar bildirildi.