11.10.2026. 11 noyabr — Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida yosh o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Xurshid Xalilov, O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyati bo‘yicha birlashgan qo‘mitasi raisi Dilmurod Nafasov hamda mutasaddilar ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, kasaba uyushmalari tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak va berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, kasaba uyushmalarining mehnatkashlar huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashdagi o‘rni, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.
11 noyabr — Kasaba uyushmalari kunining mazmun-mohiyati va kasaba uyushmalari harakatining jamiyat hayotidagi ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Mehnat munosabatlari, ijtimoiy himoya, kasaba uyushmalarining imkoniyatlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Yoshlarning tashabbuslarini rag‘batlantirish, ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.
Tadbir yakunida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh yoshlar kasaba uyushmalarining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu uchrashuv yoshlarning huquqiy va ijtimoiy xabardorligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kasaba uyushmalari bilan yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Zero, 11 noyabr — shunchaki sana emas, balki mehnatni qadrlash, inson manfaatini ulug‘lash va huquqlarni himoya qilish g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan muhim kundir.
Dilafro‘z O‘razova
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский