[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

13.10.2026. Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti tashkil etilganining 60 yillik yubileyi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Universitetida o‘tkazilgan tadbirda, professor-o‘qituvchilar, olimlar, mehnat faxriylari va universitet jamoasi ishtirok etdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi raisi Suhrob Rafikov universitet rektori Chidem Janbay Turkyilmaz va oliy ta’lim muassasasi jamoasini qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi.

So‘zga chiqqanlar oltmish yillik tarix — bu shunchaki vaqt sarhisobi emas, balki ilmiy tafakkur, mashaqqatli mehnat, izlanish va yaratuvchanlik bilan yo‘g‘rilgan ulkan taraqqiyot yo‘li ekanligini alohida ta’kidladilar. Universitetning bugungi nufuzi, erishgan yutuqlari va kelajakka qaratilgan intilishlari, avvalo, o‘z kasbiga sadoqatli ustozlar, fidoyi olimlar, tajribali mutaxassislar hamda iqtidorli yoshlarning samarali mehnati mahsuli ekanligi qayd etildi. Bu dargohda berilgan bilim, shakllangan kasbiy mahorat va yuksak insoniy fazilatlar minglab yoshlarning hayot yo‘lini belgilab, yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilib kelayotganligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi tomonidan universitet jamoasiga kitoblar va xodimlarning bir guruhiga Toshkent shahriga sayohatga yuborish sertifikatlari topshirildi.