[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

17.10.2026. Keyingi yillarda 15-oktyabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni yurtimizda yuksak ehtirom, samimiy tabriklar va ko‘tarinki ruhda nishonlab kelinmoqda.

O‘zbek xalqi azaldan ayol zotini e’zozlab, ona mehrini, ayolning oila va jamiyat hayotidagi o‘rnini yuksak qadrlab keladi.

Bugun ana shunday fidoyi ayollarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning mehnati, jasorati va tashabbuslarini qadrlash maqsadida Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Toshkent viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamkorligida «Qishloq ayoliga ehtirom» mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda viloyatning 22 ta tuman va shaharlaridan turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlar, jamoat faollari hamda qishloq ayollari ishtirok etdi.

Dastlab ishtirokchilar «Nurafshon siti» majmuasi bo‘ylab sayohat qilib, sabr-matonat timsoli Zulfiya Zokirova xotirasiga hurmat bajo keltirdilar va haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar. Shuningdek, viloyat Xalq qabulxonasi binosi, «Vatanparvar» bog‘i hamda musiqali favvoralar ansambli bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng viloyat hokimligida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda davom etdi. Unda qishloq ayollarining jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning mehnati va bunyodkorlik salohiyati, shuningdek, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev yig‘ilganlarni Xalqaro qishloq ayollari kuni bilan samimiy tabriklab, xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va munosib mehnat qilishi uchun sharoit yaratish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

Bayram munosabati bilan o‘zining fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va ibratli faoliyati bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan bir guruh xotin-qizlar viloyat hokimining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan 10 nafar xotin-qizga salomatligini tiklash va mazmunli hordiq chiqarishi uchun «Ko‘hinur» sanatoriysiga bepul yo‘llanmalar taqdim etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun bayramona konsert dasturi namoyish etildi.

Qishloq ayoliga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor — uning mashaqqatli mehnati, oila va jamiyat farovonligi yo‘lidagi fidoyiligiga bo‘lgan yuksak ehtirom ifodasidir.