11.11.2026. Özbekiston kasaba uyuşmalari saroyida 11 noyabr – Özbekiston kasaba uyuşmalari kuniga bağişlangan tantanali bayram tadbiri bölib ötdi.
Unda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunçilik palatasi deputatlari, Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi, uning hududiy kengaşlari, tarmoq kasaba uyuşmalari Respublika kengaşlari, tasarrufdagi taşkilotlar rahbarlari, hamkor vazirlik, idora va taşkilotlar, xalqaro taşkilotlar, Xalqaro kasaba uyuşmalari birlaşmalari, 20 ga yaqin xorijiy davlat kasaba uyuşmalari taşkilotlari rahbar va mutasaddilari, Özbekiston kasaba uyuşmalari faxriylari va faollari hamda turli sohalarda faoliyat körsatayotgan mehnatkaşlar iştirok etdilar.
Tadbir iştirokçilari saroyda karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.
Bayram tadbiri avvalida Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etildi.
Tantanali tadbirda muhtaram Prezidentimiz taşabbuslari bilan inson qadrini uluğlaş va manfaatlarini taʼminlaş yölida ötgan 10 yil davomida jamiyat hayotining barça jabhalarida birdek olib borilayotgan keng kölamli va tizimli islohotlar hamda yangilanişlar mamlakat taraqqiyotining yangi bosqiçini boşlab bergani alohida taʼkidlandi. Xususan, Yangi Özbekiston dunyoga yuz tutgani, ochiq va dinamik jamiyatga aylangani, ötgan qisqa vaqt içida xalqimiz turmuş darajasi va farovonligini oşiriş, xalqaro aloqalarni mustahkamlaş, Özbekiston nufuzini dunyo miqyosida yuqori poğonaga kötariş borasida tizimli islohotlar amalga oşirilib, salmoqli natijalarga erişilgani, uşbu yutuqlar bugun jamiyatimiz hayoti va xalqimiz turmuşidagi ijobiy özgarişlarda namoyon bölayotgani, sirasini aytganda, Yangi Özbekiston fuqarolari yangiça dunyoqaraş bilan yangiça hayot keçirayotganlari qayd etildi.
Haqiqatdan ham Prezidentimiz taşabbuslari bilan inson qadri uçun amalga oşirilayotgan ulkan va tizimli işlar davlatimiz va jamiyatimizni taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqiçiga olib çiqdi. Yangi Özbekistonning bu boradagi yutuqlari va qölga kiritayotgan natijalari bugun xalqaro miqyosda ham tan olinib, yuksak eʼtiroflarga sazovor bölmoqda. Amalga oşirilayotgan özgarişlar va yangilanişlar, aholining turli toifalari, ayniqsa, xotin-qizlar va yoşlarga körsatilayotgan eʼtibor, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida olib borilayotgan tizimli işlar natijasida Özbekiston aholisining ijtimoiy-siyosiy faolligi va taşabbuskorligi ortib, yangi marralar sari olğa intilmoqda.
Tantanali tadbirda 2025 yilning 17 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston kasaba uyuşmalari faollari va faxriylari bilan bölib ötgan uçraşuvi tom maʼnoda katta tarixiy voqea bölgani, mazkur uçraşuvda davlatimiz rahbari «Heç şubhasiz, biz erişayotgan natijalarda 8 millionga yaqin aʼzoga ega, eng xalqçil va katta nodavlat taşkiloti bölgan kasaba uyuşmalarining munosib hissasi bor. Fursatdan foydalanib, har bir korxona va taşkilotga – işçanlik muhitini, mehnat jamoalariga – rağbat va adolat ruhini olib kirayotgan kasaba uyuşmalari faollariga çin dildan minnatdorlik bildiraman», deya alohida taʼkidlaganlari 8 millionlik kasaba uyuşma aʼzolarining qalbida yuksak tuyğularni uyğotgani, ularga yangi kuç va ilhom bağişlagani alohida eʼtirof etildi. Muhtaram Prezidentimiz bölib ötgan tarixiy uçraşuvda Özbekiston kasaba uyuşmalarining korxona va taşkilotlarda mehnatga oid huquqlarni himoya qilişdagi jonbozligini alohida eʼtirof etiş bilan birga bir qator salmoqli taklif va vazifalarni ham ilgari surdilar. Davlatimiz rahbari qayd etganlaridek, mamlakatimizda kasaba uyuşmalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritişi uçun barça şaroitlar yaratilgan. Bundan samarali foydalangan holda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarda yurtimizdagi eng yirik jamoat taşkiloti bölgan kasaba uyuşmalari ham faol iştirok etmoqdalar.
Tantanali tadbirda oxirgi 10 yilda Yangi Özbekistonning Yangi kasaba uyuşmalari şakllangani, Özbekiston Respublikasi Prezidenti taşabbuslari bilan amalga oşirilgan ulkan islohotlar mamlakat va xalqimiz hayotida keskin burilış yasagani, bugun har birimiz bu xalqçil siyosat natijalarini öz hayotimizda, kundalik turmuşimizda körib turganimiz, Yangi Özbekistonning Yangi kasaba uyuşmalari ham xodimlar manfaatlarini hamişa himoya qilişga, ularni qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanligi alohida taʼkidlandi.
Tadbirda qayd etilganidek, dunyoda qadri va qudrati tobora yuksalib borayotgan Yangi Özbekistonda «Inson qadri uçun» ğoyasini umummilliy harakatga aylantiriş, mehnat jamoalarida işçi-xizmatçilar huquqlarini himoya qilişdek ğoyat şarafli işga kasaba uyuşmalari ham munosib hissa qöşib kelmoqda. Sönggi yillarda Özbekistonda davlat, kasaba uyuşmalari va iş beruvçilar örtasidagi ijtimoiy şeriklik yangi bosqiçga kötarilib, mamlakatimiz kasaba uyuşmalari faoliyati tobora rivojlanib bormoqda. Yangi Özbekistonning Yangi kasaba uyuşmalari yurtimizdagi islohotlar, yangilanış va özgarişlardagi faolliklarini yanada oşirib, turli soha xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalaş borasida tizimli işlarni amalga oşirib kelmoqdalar.
Jumladan, bugun xalq taşkilotiga aylangan kasaba uyuşmalari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi va Iş beruvçilar Konfederatsiyasi örtasida imzolangan Boş jamoa kelişuvi, amaldagi tarmoq kelişuvlari hamda jamoa şartnomalari orqali mehnatkaşlar va ular oila aʼzolarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalaş, iş haqining öz vaqtida tölanişi, mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori standartlariga iş beruvçilar tomonidan rioya etilişi böyiça jamoatçilik nazoratini olib boriş kabi işlarni amalga oşirib kelmoqda. Kasaba uyuşmalari inspektorlari tomonidan korxona va taşkilotlarda jamoatçilik nazorati amalga oşirilib, aniqlangan kamçiliklar bartaraf etilmoqda.
Nodavlat sektoridagi xodimlarning ham jamoa şartnomalaridagi imtiyoz va kafolatlardan foydalanişlarini taʼminlaş maqsadida ularni kasaba uyuşmalariga jalb etiş borasida amalga oşirilgan saʼy-harakatlar natijasida kasaba uyuşma aʼzolari soni 8 million nafardan ortdi. Davlat dasturlarini amalga oşirişda kasaba uyuşmalarining faol iştirokini taʼminlaş, aholi turli qatlamlarini ijtimoiy himoya qiliş sohasidagi işlarni yanada kuçaytiriş çoralari körildi.
Kasaba uyuşmalarining xodimlar va ularning oila aʼzolarini soğlomlaştiriş yönalişidagi işlari ham sifat va miqdor jihatidan yangi bosqiçga kötarildi. Xususan, ötgan 10 yil içida sanatoriylar soni 16 tadan 32 taga, ulardagi örinlar soni 4 ming 200 tadan 8 mingtaga köpaydi. 10 dan ortiq sanatoriy rekonstruksiya qilindi. Natijada yiliga qöşimça ravişda 60 mingdan ortiq aholini soğlomlaştiriş imkoni yaratildi.
Muhtaram Prezidentimizning kasaba uyuşmalari faollari bilan tarixiy uçraşuvi bölib ötgani, uçraşuvda Yurtboşimiz tomonidan xalqning turmuş darajasini va huquqiy himoyasini yaxşilaş hamda sohani yanada xalqçil qiliş yölida bildirilgan taşabbuslar kasaba uyuşmalariga, mehnat ahliga bölgan doimiy eʼtibor sifatida qayd etildi. Şuningdek, kasaba uyuşmalari hamişa mehnatkaşlar himoyaçisi sifatida hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topişiga öz hissasini qöşişda davom etişi taʼkidlandi.
Tantanali bayram tadbirida 20 ga yaqin xorijiy davlatlardan taşrif buyurgan mehmonlar, şu jumladan, Armaniston, Belarus, Bolgariya, Bosniya va Gertsegovina, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Serbiya, Tojikiston, Turkiya, Qozoğiston, Qirğiz Respublikasi, Şimoliy Kipr Turk Respublikasi, Şimoliy Makedoniya, Eron Islom Respublikasidan taşrif buyurgan kasaba uyuşma mutasaddilari ham iştirok etdilar. Bayramona konsert dasturi «Uruş va tinçlik» mavzusiga bağişlandi. Sahna çiqişlarida dunyoning qator burçaklari notinçlik va uruş öçoğiga aylangan bir paytda, Yangi Özbekistonda muhtaram Prezidentimizning odilona va oqilona siyosati natijasida xalqimiz tinç va osoyişta hayot keçirayotgani, iqtisodiyotning barça tarmoqlarida köplab yutuqlar qölga kiritilayotgani, odamlarning turmuş farovonligi oşib, hayotdan roziligi taʼminlanayotgani hayotiy misollar yordamida oçib berildi. Şuningdek, yiğilganlar eʼtiboriga Yangi Özbekistonning har bir hududiga mos bölgan sanʼat asarlaridan iborat çiqişlar namoyiş etildi.
Muhabbat Örmonbekova
Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский