Oʻzbekiston kasaba uyushmalari tarixi muzeyi Markaziy Osiyoda Kasaba uyushmalari faoliyatiga doir yagona muzeydir. Muzey Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich tashabbuslari bilan 2021 yil 10 noyabrda rasman ochilgan.
Qisqa muddat ichida muzeyda 2000 ga yaqin eksponat toʻplandi. Bugungi kunda Umaraxunov Irkin Mirzaxidovich muzey rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda.
Shavkat MIRZIYoEV Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Tarixiy manbalarga koʻra, ishchi-xodimlarning ilk kasaba uyushmalari XIX asrning ikkinchi yarmida tuzilgan. Aniqrogʻi, 1868 yili Angliyada kasaba uyushmalari kongressi, 1869 yilda Amerikada “Mehnat risarlari” nomli kasaba uyushmasi tashkil etilgan. Jahonda bunday tuzilmalar shakllanishiga, avvalo, ishchi-xizmatchilar oʻz haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish niyatida turli yigʻin, toʻgarak, shirkat va uyushmalarga birlashganliklari zamin yaratgan. Masalan, 1860 yillardayoq Germaniyada ishchilarning sosial-demokratlar uyushmalari,xristian ishchilar uyushmalari, burjua taraqqiy partiyasi namoyandalari M.Girsh va F.Dunker asos solgan Girsh-Dunkerchilar uyushmalari mavjud boʻlgan. Rossiya imperiyasida XIX asr oxiriga qadar qonuniy maqomga ega ishchilar uyushmalarini ochish imkoniyati boʻlmagan, faqat safiga kam sonli a’zolarni birlashtirgan “oʻzaro yordam kassalari” tuzilgan, xolos. Keyinchalik Ural va Sibirda togʻ-kon zavodi ishchilari shirkatlari vujudga kelgan. 1875-1876 yillarda Odessada narodniklar (xalqparvarlar) sa’y-harakatlari bilan Janubiy Rossiya ishchilar uyushmasi, 1878-1880 yillarda Sankt-Peterburgda Shimoliy Rossiya ishchilar ittifoqi faoliyat yuritgan. Oʻsha asrning 90-yillarda esa sosial-demokratik partiya faollashuvi samarasi oʻlaroq, Polsha qirolligi, Shimoli-gʻarbiy oʻlka, Sankt-Peterburg va Moskvada ishchilar uyushmalari paydo boʻla boshlagan. Biroq ularning barchasi norasmiy tashkilotlar sanalgan. 1901-1903 yillarda esa, Rossiya imperiyasi polisiya departamentining yuqori lavozimli mulozimi S.Zubatov tashabbusi va chor hukumati ruxsati bilan Moskva va Sankt-Peterburgda xodimlarning ilk qonuniy uyushmasi – Mexanik ishchilarning oʻzaro yordam jamiyati tashkil topgan. 1904 yili Sankt-Peterburgda rus provoslav cherkovi ruhoniysi, siyosiy arbob, notiq, kasaba uyushmalari faoli Georgiy Gapon tashabbusi va chor hukumati ijozati bilan qonuniy ravishda Sankt-Peterburg rus zavod ishchilari yigʻini ochildi. Ammo u ishchilar podshoh Nikolay II ga oʻz sharoitlarini yaxshilash boʻyicha petisiya topshirish uchun namoyish uyushtirishgani, evaziga ommaviy qatl qilinganliklari tufayli 1905 yil 9 yanvarda yopildi. Bundan qat’i nazar, roʻy bergan voqealar ishchilarning yagona maqsad yoʻlida birlashishiga, oʻz haq-huquqlari zavod, fabrika egalari va pomeshchiklar tomonidan paymol etilishiga qarshi kurashiga toʻsqinlik qila olmadi. Salkam ikki yil mobaynida butun Rossiya boʻylab ishchilarning yuzga yaqin jamoat tashqilotlari tuzildi. Chunonchi, 1905 yilning bahor-yoz fasllarida Putilov, Obuxov, Semyanikov nomli zavodlarda, shuningdek, tikuvchilar, kosiblar, poyabzalchilar, novvoylar, soatsozlar, idora ishchi-xizmatchilarining ilk kasaba uyushmalari paydo boʻldi. 16 aprelda esa Sankt-Peterburgda Poligrafiya ishchilari ittifoqi tashkil etilgani qonunan rasmiylashtirildi. Shunga qaramay, tez orada u ma’muriy ta’qibga uchrab, yopilib ketdi. Chor Rossiyasida kasaba uyushmalarining yomgʻirdan keyingi qoʻziqorindek koʻpayib ketishi hamda ularni tuzish harakatining keng quloch yoyishi hukmdor Nikolay II 1905 yil 17 oktyabrda imzolagan Yigʻilishlar va uyushmalar tuzish erkinligi toʻgʻrisidagi manifest bilan bogʻliq edi. Chunki uning 1-bandida“Aholiga haqiqiy shaxsiy daxlsizlik, vijdon, soʻz, yigʻilishlar va uyushmalar erkinligi asosida fuqarolik erkinligi asoslarini tiklash in’om etilsin”deyilgan edi. Bu yollanma ishchilarga ham yangi imkoniyatlar eshigini ochib, kasaba uyushmalari faoliyati uchun qonuniy asoslarni taqdim etdi. Oʻsha yil 19 noyabrda duradgorlar, matbaachilar, tikuvchilar, poyabzalchi-kosiblar, toʻquvchi-oʻrovchilar va bogʻbonlar uyushmalari vakillari Sankt-Peterburg imperatorlik universitetida dars beradigan iqtisodchi va tarixchi olim, kasaba uyushmalari harakati mafkurachisi va ilk kasaba uyushmasi asoschilaridan biri Vladimir Svyatlovskiyning Konnogvardeyskiy bulvarida joylashgan uydagi xonadonida yigʻilib, birinchi Sankt-Peterburg ishchilar kasaba uyushmasi Markaziy byurosiga poydevor qoʻydilar. Shu bois bu sana hozirga qadar Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati kasaba uyushmalari kuni sifatida nishonlab kelinadi. 1910 yili Rossiyada ishchilar harakati kuchaydi va kasaba uyushmalari tuzish uchun kurashlar avj olib, 1917 yilgacha jadal davom etdi. Oʻtgan davr oraligʻida kasaba uyushmasi tuzmagan yoki tuzishga intilmagan birorta ham korxona-tashkilot qolmadi. Negaki, chor hukumati odamlarni bosim ostida ishlatayotgani, ularning haq-huquqlarini muntazam ravishda toptab kelayotgani ishchilarning sabr kosasini toʻldirgan edi. Turkistonda ham kasaba uyushmalari paydo boʻlishidan oldin ishchi-xizmatchilar turli toʻgarak, yigʻin va uyushmalarga birlasha boshlagandilar. Tahlillar 1905-1907 yillarda hozirgi Oʻzbekiston hududida, haqiqatan ham, kasaba uyushmalari faoliyat yuritganidan dalolat beradi. Oldingilarining nomida “kasaba” soʻzi mavjud boʻlmasa-da, ular tabiati va xususiyatiga koʻra, ishchi-xizmatchilar tomonidan oʻz iqtisodiy va kasbiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuzilgani, ish beruvchi va xodimlar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish masalalari bilan shugʻullangani bois boshqa mamlakatlardagi hozirgi kasaba uyushmalariga toʻla-toʻkis mos keladi. Sovet tarixi ensiklopediyasining 14-tomida bitilishicha, Turkistonda birinchi norasmiy sosial-demokratlar toʻgaraklari 1903 yili Toshkentda, kelasi yil Samarqandda paydo boʻlgan. Umuman olganda, 1905 yil kuzida Toshkentda ishchilarning 15 ta toʻgaragi faoliyat yuritgan. 1904 yili shu shaharda uyushma sifatida shakllangan Sosial-demokratlar uyushgan guruhining ishchi-xizmatchilari keyingi uch yillikdagi ish tashlashlar va namoyishlarda faol qatnashganlar. Turkiston oʻlkasida ilk kasaba uyushmalarining dunyoga kelishi 1901 yili har ikki tomondan ham bir vaqtda boshlangan Oʻrta Osiyo va Orenburg – Toshkent temir yoʻl qurilishi bilan bogʻliq, desak, yanglishmaymiz. Tarix fanlari doktori, professor L.V.Gentshkening fikricha,1905 yil kuzida Butunrossiya temir yoʻl uyushmasining Turkiston boʻlimi tashkil etilgan.Oradan toʻrt-besh oy oʻtar-oʻtmas, u Oʻrta Osiyo va Orenburg – Toshkent temir yoʻllarining 8 ming nafar ishchi-xodimini oʻz safiga qamrab olgan. Aslida Turkiston hududiga temir yoʻllar ancha oldin kirib kelgan. 1880 yili Kaspiyorti temir yoʻlini barpo etish boshlanib, 1885 yilda u Ashxobodga, 1886 yilda Chorjoʻyga, 1888 yil koʻklami nihoyasida Chorjoʻydan Amudaryo koʻprigi orqali Samarqandga ulangan. 1888-1900 yillarda Krasnovodsk – Toshkent, Chernyaevo – Andijon liniyalari qurilgan. Biroq bu ishlar harbiy qismlar askarlari tomonidan bajarilgan. Binobarin, shu davrga qadar amalga oshirilgan temir yoʻllar qurilishida ishchi-xizmatchilar ishtirok etishmagan va ularning uyushmalari boʻlmagan. Oʻlkamizdagi ilk kasaba uyushmalari uzoq davom etgan ish tashlashlar, noqulay mehnat sharoitlari hamda ishchi-xodimlarning iqtisodiy huquq va manfaatlari oyoqosti qilinishiga bogʻliq noroziliklari oqibatida yuzaga kelgan. Ayni chogʻda, bu mehnatkashlar oʻz haq-huquqlari va qonuniy manfaatlari uchun kurashganini anglatadi. Xususan, ular maoshlari muddatida berilmaganidan, haq toʻlanmaydigan va ish vaqtidan tashqari qoʻshimcha yoki bayram kunlarida mehnatga jalb etilishlaridan norozi boʻlishgan. Oʻz shartlari bajarilishini talab qilgan holda, vaqti-vaqti bilan zavodda va temir yoʻllarda ishni toʻxtatib qoʻyishgan. Masalan, 1905 yil fevralida Oʻrta Osiyo temir yoʻllarining Toshkentdagi bosh ustaxonasida yirik ish tashlash uyushtirilgan. U Fargʻona vodiysida ham xuddi shunday koʻtarilishlar sodir boʻlishiga doyalik qilgan. Bu yangligʻ qaltis harakatlar va ularning oqibat-natijalari haftalik gazetalarda yoritib borilgan.
Jumladan, “Turkestanskie vedomosti” xabariga qaraganda, 1905 yil fevralida Orenburg – Toshkent temir yoʻlining taxminan 400, Oʻrta Osiyo temir yoʻli Toshkent bosh ustaxonalarining qariyb 800 ishchisi oʻz ishlarini toʻxtatib, rahbariyat oldiga quyidagi talablarni qoʻyishgan:
Shubhasiz, zuvalasi ilgʻor gʻoyalar bilan yoʻgʻrilgan bu talablar Turkiston oʻlkasida kasaba uyushmalari rasman tuzilishidan oldin ishchi-xizmatchilar ongu tafakkurida pishib etilganidan dalolat beradi. Ularning ayrimlari qanoatlantirilgani bois tez orada temiryoʻlchilar ish tashlashlarni tugatishadi va ishlarini yana davom ettirishadi. “Samarqand” gazetasining 1905 yil 10 iyundagi 116-sonida chop etilgan“Temir yoʻl xizmatchilari uyushmasi”nomli maqolada umumrossiya temir yoʻllari tizimidagi turli kasb egalari va ishchi-xizmatchilarni qamrab olishu birlashtirishga qodirkasaba uyushmalarini tuzish zarurati tugʻilganieslatilgan. Kasaba uyushmasining tub maqsadi demokratik gʻoyalar ustuvorligini ta’minlash asnosi barcha temir yoʻl xizmatchilarining moddiy, huquqiy, madaniy va mehnatga oid manfaatlarini himoya qilishdan iborat ekanligi uqtirilgan. Bizningcha, shu oʻrinda ushbu maqolaning “Samarqand” gazetasida chop etilishining oʻziyoq Turkistonda ham kasaba uyushmalari tuzishga toʻlaqonli ehtiyoj tugʻilganini bildirganini, shuningdek, oʻlkada kasabachilik harakati kuchayishiga xizmat qilganini e’tirof etish joiz. 1905 yil 14 oktyabrda Turkiston temir yoʻllarining ishchi va xizmatchilari yana bosh koʻtardilar. Ularga boshqa korxonalar ishchilari, temir yoʻl bataloni askarlari, hatto Amudaryo flotiliyasi matroslari ham qoʻshilib, ish tashladilar. Chor hukumati esa 19 oktyabrda namoyishchilarni yoppasiga oʻqqa tutdi. Bu qirgʻinbarotda halok boʻlganlarni dafn etish marosimlari xalq gʻazabini qaytadan qoʻzgʻadi va ularni tagʻin koʻchaga chorladi. 15-16 noyabrda takroran qoʻzgʻolonlar va namoyishlar boʻldi. Taassufki, ular ham mehnatkashlar vakillarini otish bilan yakunlandi. Qish boshida temir yoʻlchilarning ish tashlashlari toʻxtadi.13-20 dekabr kunlari Oʻrta Osiyo temir yoʻllari ishchi va xizmatchilarining 1-Qurultoyi oʻtkazildi.Unda kelayotgan yanvar oyidan e’tiboran 8 soatlik ish kunini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. 1906 yilning 1 iyulida esa Toshkentda Oʻrta Osiyo va Orenburg – Toshkent temiryoʻlchilarining birinchi Turkiston birlashgan Qurultoyi boʻldi va Temiryoʻlchilar kasaba uyushmasining Ustavi ma’qullandi. Oʻsha hujjat ayni kezlarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari tarixi muzeyida saqlanmoqda. Boya aytganimizdek,1904-1905 yillarda tuzilgan ba’zi uyushmalar garchi “kasaba uyushmasi” deb atalmagan boʻlsa-da, koʻzlagan maqsad va vazifalari uniki bilan aynan bir xil edi.“Sredneaziatskaya jizn” gazetasining 1905 yil 11 dekabrdagi 34-sonida yozilishicha, Yigʻilishlar va uyushmalar tuzish erkinligi toʻgʻrisidagi manifest e’lon qilingani hamono andijonlik faollar doimiy ish yuritadigan jamoat yigʻinini tashkil etish masalasini muhokama qilish uchun xalq mitingi uyushtirishga shaylanishgan. Ayni maqsadda shahardagi mehmonxonalardan birida yashirincha toʻplanishgan. Soʻngra jamoatchi va tashabbuskor shaxslardan iborat qoʻmita tuzib, masalani muhokamaga qoʻyishgan.13 noyabr kuni takroran yigʻilib, Andijon konstitusion-demokratik uyushmasituzilganini e’lon qilishgan. Yigʻilganlar darhol a’zolikka ariza berganlar, uyushma raisi, kotibi va 10 nafar boshqaruv a’zolari saylangan. Koʻrib chiqishga vaqt etmagani sababli uyushmaga a’zolik badallari masalasini keyinga qoldirilgan. Koʻrib turibsizki, ishchi-xizmatchilarning haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qiladigan uyushmalarga ehtiyoj nafaqat Samarqandda, balki boshqa hududlarda ham asta-sekin kuchaygan. 1905 yil debochasida Turkiston oʻlkasining Pochta-telegraf xizmatchilari oʻzaro birlashish hamda ogʻir iqtisodiy va huquqiy ahvollarini yaxshilash boʻyicha dastlabki harakatlarni boshlagandilar. Arxivdan topilgan“Turkiston oʻlkasida Pochta-telegraf uyushmasini tashkil etish tarixi haqidagi”telegramma va hukumatga yuborilgan iltimosnomaning xomaki loyihasida (asl nusxalari topilmagan) quyidagi jumlalar bitilgan:“1905 yilning 23 oktyabrida turkistonliklarga Butunrossiya Pochta-telegraf uyushmasini tashkil etishda ishtirok etish taklifi yuboriladi. Mazkur taklifnoma Toshkentdan butun Turkiston muassasalariga joʻnatiladi.24 oktyabrda Toshkentda 100 kishi ishtirokida Pochta-telegraf ishchilarining umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtadi.Unda Pochta-telegraf ishchilari Toshkent idorasi, temir yoʻl orqali pochta tashish XII boʻlimi va okrug boshqarmasi vakillari ishtirok etadi. Majlis boshlanishiga qadar okrugdagi aksariyat muassasalar yigʻilishlarda siyosiy mavzularda soʻz yuritilmasligi sharti bilan Pochta-telegraf uyushmasi bilan birlashishga rozilik bildiradilar.Umumiy yigʻilishda Pochta-telegraf uyushmasining Turkiston boʻlimini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilinadi. Mazkur boʻlim ishlarini boshqarish uchun qoʻmita saylanadi.Umumiy yigʻilishlarda pochta-telegraf uyushmasiga qoʻshilish bilan bir vaqtda iltimosnoma va qarorlar qabul qilinib, unda Toshkent delegatlariga yuqori turuvchi organlarga umumiy ariza bilan murojaat qilish huquqi beriladi. Ushbu murojaatda Turkiston oʻlkasi aloqachilarining moddiy ahvoli ogʻirligi koʻrsatilib, mehnat sharoitlarini yaxshilash va oylik maoshlarni oshirish talablari ilgari surilgan edi.Ular ish haqini 50 foizga koʻtarish, qoʻshimcha toʻlovlarni (oshxona, uy-joy, xizmat safarlari puli va h.k.) oshirish, ishchi-xodimlar sonini koʻpaytirish va ish vaqtini, xizmat muddatini va ish smenalarini qisqartirishni, har yili oylik toʻlanadigan ta’tillarni joriy etish va nafaqalarni oshirishni talab qilishadi”.Alqissa,Toshkentdagi aloqa xodimlarining 1905 yil 24 oktyabrda boʻlgan yigʻilishida Turkiston Pochta-telegraf uyushmasi tashkil etiladi.Yigʻilishda Butunrossiya Pochta-telegraf uyushmasiga ma’naviy va iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish asosida qoʻshilish va uyushma boʻlimi ishlarini boshqarish uchun qoʻmita saylash toʻgʻrisidagi qaror chiqariladi. “Turkestan”, “Turkestanskie vedomosti” va “Russkiy Turkestan” gazetalarining 1905-1907 yillardagi ba’zi sonlarida berilgan ma’lumotlar ham oʻsha kezlar yuqorida tilga olingan kasaba uyushmalari tuzilganini tasdiqlaydi. “Russkiy Turkestan”ning 1905 yil dekabrida chiqqan 264-sonidagi dalillarga binoan, Toshkentdagi “Br. Nobel” shirkatining bosh idorasi xizmatchilari shahardaIdora xizmatchilari va buxgalterlar kasaba uyushmasiboʻlimini tashkil etishni rejalashtirishgan. “Turkestan” gazetasining 1906 yil 29 avgustdagi sonida oʻsha kuni soat 9 da Sinsadze sirkidaTikuvchi va etikdoʻzlar kasaba uyushmasining ta’sis majlisi boʻlishi ma’lum qilingan. 31 avgust kuni soat 4 da esa umumiy majlislar zalining qishki binosidaOfisiant, oshpaz va uy xizmatkorlari kasaba uyushmasia’zolarining umumiy yigʻilishi oʻtkazilishiga doir e’lon chop etiladi. Kun tartibiga tasdiqlangan ustav oʻqilishi, boshqaruv va taftish komissiyasi nizomlarini, joriy yil smetasini tasdiqlash, boshqaruv hamda taftish komissiyasi a’zolarini va ularga nomzodlarni saylash, amaldagi ishlarga daxldor boshqa masalalar kiritilgandi. 5 sentyabrda uyushma boshqaruvi a’zolarining birinchi majlisi oʻtkaziladi. Uyushmaga 70 kishi a’zo boʻlgan va tez orada ularning soni ortishi kutilayotgandi. Chunki bu tarkibga hali nafaqat uy xizmatkorlari, balki mehmonxonalar, turli oshxona ustaxonalari va boshqa joylarda ishlaydigan xizmatkorlar ham kiritilmagandi. “Turkestan” gazetasining 1906 yil 1 sentyabrdagi sonida 3 sentyabr kuni soat 9 da Sinsadze sirkidaMatbaa ishchilari uyushmasiningta’sis majlisi boʻlishi toʻgʻrisida e’lon berilgan boʻlsa, “Turkestanskie vedomosti”ning 1906 yil 8 (21) oktyabrdagi sonida, “Turkestanskiy kurer” gazetasi ma’lumotiga tayanilgan holda, Sirdaryo harbiy gubernatoriMatbaa xodimlari kasaba uyushmasiustavini tasdiqlagani haqidagi xabar yoritilgan. Bu uyushma mablagʻlari kirish (a’zolikka oʻtish) toʻlovlari, yillik, oylik va bir martalik badallar, kapital foizlari hamda xayriyalar hisobidan shakllantirilgan. “Noviy put” gazetasining 1906 yil 8 iyuldagi sonidaToshkentMexanika ishlab chiqarish zavodi ishchilari kasaba uyushmasituzilgani, “Turkestan”ning 10 sentyabrdagi sonida rasmiy ruxsat etilgan mexanika ishlab chiqarish shahar ishchilari kasaba uyushmasi a’zolarining birinchi umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtgani haqidagi xabar yoritiladi. Ikkinchi nashrning keyingi sonlarida uyushma tashkil topgan ilk kunlarda uning kassasiga kelib tushgan badallar haqida soʻz yuritiladi. Shu gazetada yozilishicha, 1906 yil 17 sentyabr kuni ertalab soat 9 da Sinsadze sirkidaQuruvchilar kasaba uyushmasining ta’sis majlisi oʻtkazilgan. Unda binokorlar soʻnggi paytlarda ish vaqtidan tashqari qoʻshimcha ishlashgani, ammo shunga yarasha haq olishmagani eslatilgan. Bunga oʻxshash holatlar zudlik bilan quruvchilar kasaba uyushmasini tuzish zarurligini taqozo etdi. Oʻz navbatida, uyushma ustavi moddama-modda koʻrib chiqilib, hukumatga birja va uyushma haqida rasmiy iltimosnoma bilan chiqadigan komissiya a’zolari saylandi.“Vpered”gazetasining 1906 yilgi 17-sonida shunday xabar chop etilgan: “1907 yilning 20-25 yanvar kunlari Moskvada feldsher, feldsherkalar va hamshiralarning Butunrossiya birinchi qurultoyi boʻlib oʻtadi.Toshkentdagi feldsherlik ishining ayol xodimalaridan biri tahririyatimizga murojaat yoʻllab, hamkasb oʻrtoqlarini oʻz manfaatlarini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmalariga birlashishga chaqirdi.Bundan umid qilish mumkinki, toshkentlik tibbiy yordam xodimlari – feldsher, feldsherka va hamshiralar Qurultoyga, albatta, oʻz delegatlarini yuboradilar”. Gazetaning 1906 yil 26 noyabrda bosilgan 25-sonida mazkurkasaba uyushma yigʻilishi boʻlishioldindan e’lon qilingandi. 30 noyabrdagi sonida bosilgan materialda bayon etilishicha, feldsher, feldsherkalar va hamshiralarning 26 noyabr kuni kechqurun soat 8 da boʻlgan yigʻilishida mahalliy(bu oʻrinda tarmoq nazarda tutilgan boʻlsa kerak)kasaba uyushma Boshqaruvi tarkibiga saylov oʻtkazilgan. Natijalarga koʻra, Demidov eng koʻp – 22 ovoz olgan. Lekin yigʻilishda u rais lavozimidan oʻz ixtiyori bilan voz kechgan, gʻaznachilik taklifini esa qabul qilgan. Turkiston kasaba uyushmalari 1906 yildayoq faoliyatini yanada rivojlantirish, a’zolarini zarur bilim va koʻnikmalar bilan qurollantirish maqsadidaoʻz kutubxonalarini ochganioʻlkada kasaba uyushmalariga e’tibor yuqori boʻlganini tasdiqlaydi.“Vpered”gazetasining 1906 yilgi 17-soni 3-betida manavi e’lon oʻrin olgan:
“Kasaba uyushmasi oʻrtoqlariga xabar qilamiz! Tikuvchilar, poyabzalchilar, shapkachi va shlyapachi va boshqa tikuvchilarni KUTUBXONA ochilishiga taklif etamiz.Ochilish marosimi 1906 yil 19 noyabr yakshanba kuni soat 11 da Voronsov prospektidagi Intendan omborxonasi roʻparasida joylashgan 31-Parishev uyida boʻladi”.
Gazetaning oʻsha yilgi 10 noyabrdagi 9-sonida bosilgan qiziq bir material kasaba uyushmasi ishchi-xizmatchilarning toʻlaqonli himoyachisiga aylanganini hamda ularning ishonchini qozonganini koʻrsatadi. XabardaHarbiy-iqtisodiy jamiyatga qarashli mundir tikish ustaxonasining barcha tikuvchilari murojaat qilish uchun ish joylarini tashlab Toshkent tikuvchilar kasaba uyushmasiga ketib qolishgani yoritilgan.Oxirida “Hozirgi vaqtda tikuvchilar kasaba uyushmasi bichuvchi oʻrtoq Kaplanning salbiy xulq-atvori yuzasidan ma’muriyatga bildirish tashabbusini oʻz zimmasiga olgan” deyilgan.
Yuqoridagi fikrlarni“Vpered”ning 5 noyabrdagi 7-sonida chiqqan Idora xizmatchilari va buxgalterlar kasaba uyushmasi Kengashi faoliyati haqidagi axborot ham tasdiqlaydi. Ayon boʻlishicha, ushbu kasaba uyushmasi idora xizmati bilan band xodimlarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini oʻrganish va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida oʻz a’zolari oʻrtasida20 banddan iborat soʻrovnoma varaqalarini tarqatgan.Unda xodimlarning ism-sharifidan tashqari,ish soatlari soni, ta’til kunlari, mukofot (ustama)lari haqidaham aniq ma’lumot berishni soʻragan. Bu esa, boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlari pasportini tuzishda ham muhim qadam hisoblanadi. Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, butun jahonda boʻlgani kabi Turkistonda ham kasabachilik harakatining vujudga kelishi va keng yoyilishi oʻziga xos tarixga ega. Bu tuzilma oʻsha paytlar chor hukumati bosimi ostida ezilgan oʻlka ishchi-xizmatchilarining haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida yagona najot omili vazifasini oʻtagan.
Ushbu boʻlimda kasaba uyushmalari tashkil etilishiga qadar, ularning prototipi boʻlgan yashirin kasbiy toʻgaraklar haqida hikoya qiluvchi, Milliy arxivda 100 yildan ortiq davr mobaynida “maxfiy” grifi bilan saqlangan tarixiy hujjatlarning nusxalari, kasbiy yoʻnalishdagi ilk uyushmalarning tashkil etilishi, dastlabki uyushmalararo kasaba tashkilotlari, Turkiston Respublikasi kasaba uyushmalarining I-,II qurultoylari, yangi iqtisodiy siyosatga oʻtish davridagi kasaba uyushmalari faoliyati, madaniy-ma’rifiy yoʻnalishdagi ishlar, birinchi Xalq universitetining ochilishi hamda Turkiston ayollarini yangi hayot qurilishiga faol jalb etishda kasaba uyushmalarining tutgan oʻrni haqidagi materiallar bilan tanishasiz. Bundan tashqari jadidlar harakati vakili, ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning kasaba uyushmalaridagi faoliyati, shu bilan bir qatorda, 1924 yil 27 oktyabrda ilk bor jahon xaritasida Oʻzbekiston Sovet Sosialistik Respublikasi tashkil etilgani toʻgʻrisidagi ma’lumotga ega boʻlasiz
Uch qismga boʻlib oʻrganiladi
1 qism “1925-1941-YILLARDA OʻZBEKISTON KASABA UYuShMALARINING FAOLIYaTI”
2 qism “1941-1950-YILLARDA OʻZBEKISTON KASABA UYuShMALARI IKKINChI JAHON URUShI VA URUSh ASORATLARIDAN TIKLANISh YILLARIDA”
3 qism “1951-1991-YILLARDA OʻZBEKISTON KASABA UYuShMALARI FAOLIYaTI”
Quyidagi boʻlimda Mustaqillikning dastlabki chorak asrida (1991-2016 yillar) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi, tarmoq va hududiy tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasini tuzish toʻgʻrisidagi DEKLARASIYa, Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining XV Qurultoyi (Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi II Qurultoyi), 2000-2016 yillarda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi III, IV, V, VI, VII Qurultoylari, 1992 yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida” qonuni, 2004 yilda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining eng oliy mukofoti “EHTIROM” koʻkrak nishonining ta’sis etilishi, 2011 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida imzolangan Bosh kelishuv hujjatining asl nusxasi kabi eksponatlarni koʻrishingiz mumkin.
Ushbu boʻlimda yuqoridagi boʻlimlardan farqli ravishda ekspozisiyalar Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha joylashtirilgan, boʻlimda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisidagi qonun, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining tashkil etilishi, “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi strukturasi, tarmoq va hududiy tashkilotlar faoliyati toʻgʻrisidagi ekspozisiyalar bilan boshlanadi.
Shuningdek, ushbu boʻlimda 2020 yilda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining VIII Qurultoyi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni ta’sis etilganligining bir yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tabriklari, 2021 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashini tashkil etilishi toʻgʻrisida ma’lumotlar ham oʻrin olgan.
Muzeyning har bir boʻlimi zamonaviy elektron axborot uzatuvchi vositalar bilan jihozlangan boʻlib, ularga mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining qariyb yuz yildan ortiq tarixi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar joylashtirilgan.
Muzeyda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari nashri boʻlgan “Ishonch” gazetasining ilk sonidan to bugungi kungacha boʻlgan sonlariining elektron varianti bilan ham tanishish imkoniga ega boʻlasiz.
2022 yil 20-24 sentyabr kunlari Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari kengashi konferensiyasi ishtarokchilari uchun muzey ekskursiyasi:
Tojikiston mini futbol jamoasi
2023 yil 30 mart kuni “StreetNet” xalqaro uyushmasi vakillari muzey mehmoni boʻlishdi:
2024 yil 17 may kuni Boshqirdiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federasiyasi delegasiyasi muzeyda mehmon boʻldi: