06.11.2024. “11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Nukus davlat pedagogika institutida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Qoraqalpogʻiston kengashi raisi Ulugʻbek Jalmenovning talaba-yoshlar bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi.
Muloqotda korxona va tashkilolarda mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar va kasaba uyushma faollari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida institut xodimlari va talaba-yoshlarga Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosidagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, unga asosan olib borilayotgan amaliy ishlar va ularning natijalari, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir doirasida ta’lim olish bilan birga, jamoatchilik ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, har tomonlama namunali, iqtidorli, shuningdek, kam ta’minlangan oilalardan boʻlgan va jismoniy imkoniyati cheklangan bir guruh talabalarga kasaba uyushmalari tomonidan ta’sis etilgan stipendiya va respublikamizning eng yaxshi sanatoriylariga bepul yoʻllanmalar topshirildi.
Shuningdek, bir guruh yosh xodimlar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Qoraqalpogʻiston kengashining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Muloqot davomida ishtirokchilar, ayniqsa, yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan ijtimoiy-mehnat munosabatlari hamda jamoa shartnomalarida koʻzda tutilgan kafolot va imtiyozlarga oid savollarga batafsil javoblar oldilar.
Oʻzbekiston kasauyushmalari Federasiyasi Matbuot xizmati