[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt test rejimida ishlamoqda

29.11.2024. Sohada ishlab, ish vaqtida baxtsiz hodisa tufayli nogiron boʻlib qolgan fuqarolar A.N.Saliyev, A.Turdiyev, S.A.Toʻraqulov, N.A.Akbarov, M.Ostanaqulovlar shuningdek, boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar S.Ismoilova, G.Ismoilova, K.Mirzajonova va Z.T.Nuraliyevalar Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga “Hududgaztaʼminot” AJda mehnat jarayonida jarohatlanishi tufayli yetkazilgan zarar uchun oyma-oy toʻlanishi lozim boʻlgan tovon pullarining toʻlanmaganligi yuzasidan murojaat yoʻllagan.

Mazkur murojaat tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Bosh mehnat huquq inspektori B.Abdullayev va Bosh yuriskonsulti I.Isoqovlar tomonidan oʻrganilib, oʻrganishlar natijasiga koʻra, “Hududgaztaʼminoti” AJ raisi nomiga murojaatni qanoatlantirish boʻyicha xat yuborilgan, lekin “Hududgaztaʼminoti” AJ rahbariyati tomonidan rad javobi berilgan.

Shundan so‘ng, Respublika Kengashi tomonidan mehnatda jarohatlanish tufayli yetkazilgan tovon pullarini oyma-oy toʻlanishi boʻyicha 2024-yil 19 sentabr kuni Fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilgan.

Ushbu daʼvo arizasi boʻyicha 2024-yilning 25-noyabr sanasida oʻtkazilgan Fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudi majlisida 9 nafar fuqarolarning huquqlari tiklanib, oyma-oy toʻlanishi kerak boʻlgan toʻlovlar undirilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinishiga erishildi.