[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt test rejimida ishlamoqda

03.12.2024. Navoiy hazratlari bir ko‘ngli buzuqning xotirin jam aylashni kabani obod qilishga tenglaganlar. Darhaqiqat, ko‘ngli o‘ksik insonlarga shodlik ulashish orqali inson o‘zi ham rohat topadi.
Kasaba uyushmalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda. Jamoa kelishuvlari va shartnomalari orqali ular turli imtiyozlardan foydalanib, o‘zlarining jamiyatdagi va jamoadagi mavqelarini mustahkamlashga muvaffaq bo‘lmoqdalar.

3 dekabr’ – xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tarmoq kasaba uyushmamiz tomonidan ko‘plab xayriya tadbirlari o‘tkazildi. Tasarrufimizdagi korxona va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatuvchi nogironligi bo‘lgan xodimlar holidan xabar olindi. Ijtimoiy ximoya milliy agentligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqa muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilib, sovg‘alar ulashildi.

Jumladan, Xiva muruvvat uyida, Xiva shahar 3-son ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan umumiy turdagi davlat maktabgacha tashkilotida o‘tkazilgan tadbirlarimiz nihoyatda samimiy ruhda kechdi.
Bu kabi tadbirlardan maqsadimiz nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ularga nisbatan munosabatni yaxshilash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashdir. Tadbirlarda ko‘rgazmali chiqishlar, konsert dasturlari namoyish qilindi. Ayniqsa, turli kasalliklardan aziyat chekayotgan bolajonlarimiz e’tibordan nihoyatda mamnun bo‘ldilar.

Shokir Allaberganov

Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati kengashi raisi