[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt test rejimida ishlamoqda

13.01.2025. Ma’lumki, boshlang‘ich darajadagi ijtimoiy sheriklikning eng muhim hujjati  – Mehnat kodeksining alohida bobi bag‘ishlangan Jamoa shartnomasi hisoblanadi.

Jamoa shartnomasi – tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkordagi individual mehnat munosabatlari va bevosita ular bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan ularning vakillari bo‘lgan kasaba uyushmalari va ish beruvchi o‘rtasida tuziladigan mehnat to‘g‘risidagi huquqiy hujjat hisoblanadi.

Jamoa shartnomasi butun bir tashkilotda, uning alohida bo‘linmalarida tuzilishi mumkin. Jamoa shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi to‘g‘risidagi qaror va uni tuzish masalasi bo‘yicha jamoa muzokaralarini boshlash to‘g‘risidagi taklif tomonlardan biri, ya’ni xodimlar yoki ish beruvchidan tomonidan berilishi mumkin.

Jamoa muzokaralarini o‘tkazish va Jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash uchun ijtimoiy mehnat-masalalari bo‘yicha komissiya tuziladi.

Jamoa shartnomasi quyidagi shartlarni o‘z ichiga olmasligi zarur:

Qonunchilik yoki jamoa kelishuvlari bilan solishtirganda xodimlar holatini yomonlashtiruvchi amallarni joriy etish;
Mehnat va kasb-hunar sohasidagi kamsitishlarni ta’qiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzish;
Majburiy mehnatni ta’qiqlash to‘g‘risidagi talablarga rioyat etmaslik;
Lokal darajada hal bo‘lishi mumkin bo‘lgan masalalar doirasidan chiqish.

Ilovada Jamoa shartnomasining 2025 yil uchun ishlab chiqilgan maketi berilgan. [1]

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati

[1] Maket mazmuni umumiy xususiyatga ega. Har bir ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyat sohasi va turi, ishlab chiqarish sharoitlari va tashkil etilishi, ish tartibi, turli toifadagi xodimlar mehnatidan foydalanishdan kelib chiqqan holda Jamoa shartnomasiga o‘z aniq tashkiloti ishlashi uchun zarur bo‘lgan me’yorlarni kiritadi. Mazkur tashkilot faoliyatiga xos bo‘lmagan me’yorlar (masalan, kasanachilik, ishning vaxta usuli, sportchilar yoki madaniyat xodimlari mehnatini qo‘llash va boshqalar) Jamoa shartnomasiga kiritilishi shart emas.