[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt test rejimida ishlamoqda

14.07.2025. O’zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tizimidagi Qiziriq va Muzrabot tumanlar Mudofaa ishlari bo’limida “Armiya-hayot maktabi” shiori ostida yoshlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yosh avlod qalbida harbiy vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirib, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirda Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tinch, osuda, to‘kin hayotimizni ta’minlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Zamonaviy texnika va qurol-aslahalar mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, barqaror rivojlanishi va xalqimiz tinchligini ishonchli himoya qilishda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi. Tadbirning ahamiyati va mohiyati haqida fikr almashildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir davomida yoshlarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.